Yangiliklar

news image

Sohilda "Qishloq taraqqiyot rejasi"ni qayta tasdiqlash

Joriy yilning 28-29 yanvar kunlarida Andijon viloyati Paxtaobod tumani "Sohil" MFY (Mahalla fuqarolar yig'ini)da 2019 yilning 2-yarim yilligida tuzilgan, ammo Pandemiya sababli biroz kechiktirilgan "Qishloq taraqqiyot rejasi"ni qayta ko`rib chiqish va tasdiqlash uchun aholi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda "Mahalla taraqqiyot guruhi" a’zolari va qishloq aholisidan vakillar qatnashdilar. Aholi tomonidan tanlangan birinchi subloyiha - Yangi Maktab qurilish ishlari qachon boshlanadi va qurilishga qancha mablag` ajratilishi yuzasidan aniqlashtiruvchi savollar berildi. Ularni qiziqtirgan barcha savollarga to’liq ma'lumotlar berilib, ular tomonidan "Qishloq taraqqiyot rejasi" qayta tasdiqlandi. So`ng, Paxtabod tumani hokimining birinchi o’rinbosari Rasulov Otavulloxon boshchiligida tuman loyiha qo’mitasi tuzildi. Shuningdek, Mahalla taraqqiyot guruhi raisi Abduvaliev Abduxoshim Sohil Qishloq taraqqiyot rejasini Paxtaobod tumani hokimiyatida taqdimot qildi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish