Sirdaryo viloyatida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi subloyihalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilninig 13-iyun kuni Boyovut tumani hokimligida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining “Ozodlik”, “Amir Temur”, “Yangibo‘ston”, “Muqumiy”, “Boboyurt”, “Do‘stlik”, “Paxtakor”, “Iftixor”, “Bunyodkor” mahallalari, Xovos tumanining “Qayirma” va “Qaxramon” mahallari hamda Sardoba tumanining “Birlashgan” mahallalarida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, piyodalar o‘tish yo‘lagiga yoritgich o‘rnatish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, yo‘l o'tkazgich quvurini qurish, 16, 27, 44-sonli maktablarga stadion qurish, 20, 21, 26-sonli maktablarni kapital ta’mirlash, 12, 18-sonli MTMlarning binosini ta’mirlash kabi subloyihalari bo‘yicha atrof-muhit va ijtimoiy boshqarish rejasi nazorat ro‘yxati jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Ushbu jamoatchilik muhokamasida, tuman hokimi qurilish bo‘limi boshlig‘i, loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG)ning qishloq fasilitatorlari va muhandislari, hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya mutaxassislari, MFY raislari, V-MTG raisi va a’zolari, “Sirdaryo suv taʼminoti” Boyovut tumani filiali xodimi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman ekologiya bo‘limi, tuman avtomobil yo‘llaridan foydalanish UK xodimlari, maktab va MTM direktorlari va hokim yordamchilari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan taqdimotga ko‘ra, LAOGning hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya mutaxassisi O.Tangriyev tomonidan MFYlarda amalga oshiriladigan subloyiha haqida ma’lumotlar ya’ni mavjud ta’mir talab hududlarga tashkil qilinadigan havo tarmog‘i (kabel) tortish, yaroqsiz, ishdan chiqqan va avariya holatidagi yog‘och ustunlarni o‘rniga temir-beton ustunlarga almashtirish, hududlardagi yaroqsiz transformatorlar o‘rniga yangi transformatorlar o‘rnatish, piyodalar yo‘lagiga yoritgich, ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash, yo‘l o‘tkazgich quvurini qurish, maktab va MTMlardagi mavjud binolarni qayta ta’mirlash, yangi o‘quv binosini qurish loyihalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, LAOGning hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya mutaxassisi F.Nazarova tomonidan ijtimoiy ta’sirlar, inson salomatligi va ularning mol-mulkiga ta’sirini oldini olish choralari to‘g‘risida xabardor qilish va monitoring o‘tkazish, murojaatlar bilan ishlash va nazorat qilish mexanizmlari,
bolalar mehnatidan foydalanish va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, loyiha olib boriladigan hudud aholisi va qurilish tashkiloti o‘rtasida mehnat qonunchiligiga asosan, shartnoma tuzgan holda faoliyat olib borish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.