Joriy yilning 2-iyun kuni Baxmal tumani hokimligida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jizzax viloyati, Baxmal tumanining “Baxmal”, “Oyqor”, “Sangzor” QFYlarni elektr ta’minoti tizimini yaxshilash va ko‘cha yoritgichlari bilan ta’minlash, “Madaniyat” MFY, “Temirqadam” QFYlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash, “Sangzor” QFYda piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash subloyihalari bo‘yicha atrof-muhit va ijtimoiy boshqarish rejasi nazorat ro‘yxati muhokama qilindi.
Shuningdek, 6-iyun kuni loyiha doirasida Jizzax viloyati, Zomin tumani “Gulshan”, “Beshkubi”, elektr ta’minotini tizimini yaxshilash”, “Nurlikent”, “Yuksalish”, “Pshag'or”, “G‘allakor” mahallalarida ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash, “Chorvador”, “Duoba”, “Turkman” mahallalarida joylashgan 10, 21, 23-maktablarni ta’mirlash va yangi o‘quv binosi qurish" hamda “Nurlikent”, “Yuksalish” mahallalaridagi qishloq vrachlik punktini ta’mirlash subloyihalari muhokama qilindi.
Jamoatchilik muhokamasida tuman hokimiyati qurilish bo‘limi, LAOG qishloq fasilitatorlari va hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya mutaxassislari, mahalla raislari hamda fuqarolari, V-MTG raisi va a’zolari, “Jizzax suv taʼminoti” MChJ hamda Baxmal tumani obodonlashtirish boshqarmasi, elektr tarmoqlari korxonasi, tuman ekologiya bo‘limi, avtomobil yo‘llaridan foydalanish UK xodimlariham ishtirok etishdi.
LAOG ning hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassislari O.Tangriyev va F.Nazarova tomonidan ishchilarga asosiy qoidalar va talablarga rioya qilish to‘g‘risida xabar berilishi, loyihaga aloqador bo‘lgan vazifalar, murojaatlar bilan ishlash va nazorat qilish mexanizmlari to‘g‘risida tushuntirildi.
O‘tkazilgan taqdimotga ko‘ra, amalga oshiriladigan subloyihalar haqida ma’lumotlar, ya’ni mavjud ta’mir talab hududlarda tashkil qilinadigan tarmoqlar (kabel) tortish, yaroqsiz, ishdan chiqqan va avariya holatidagi yog‘och ustunlar o‘rniga temir-beton ustunlarini almashtirish, hududlardagi yaroqsiz transformatorlar o‘rniga yangi transformatorlar o‘rnatish, suv tarmog‘i o‘tqazish va yangi suv qudug‘i kovlash, piyodalar yo‘lagini qurish, subloyihaning ekologik ta’sirlari va qurilish jarayonlarida hududda qazish, ko‘mish ishlarida changlanishni kamaytirish oldini olish uchun, hududlarga suv sepib turish, qurilish jarayonida taraladigan shovqin darajasi belgilangan me’yorlarga nisbatan nazorat qilinishi, qurilish qayta ta’mirlash hududida chiqindilarni yo‘q qilish choralarini ko‘rish va maxsus guvohnoma litsenziyasi bor tashkilotga shartnoma asosida topshirish, soz texnikalardan foydalanish hamda boshqa muhim jihatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.