O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzlimasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan ishlab chiqiligan subloyihalar asosida Farg‘ona viloyati Furqat tumanida joylashgan “Boltako‘l” MFYda yana 8,2 km ichki yo‘llar asfaltlashtirildi.
Asfaltlash ishlari avvalida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1,4 km suv quvurlari yotqizildi.Bundan tashqari yaqin kunlarda ushbu mahallada dasturlarga asosan qo‘shimcha 7,1 km ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Bu kabi ezgu ishlar xalqimizni uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilishga xizmat qiladi. Loyiha dasturiga ko‘ra, tumandagi ko‘plab mahallalarda shu kabi ishlar amalga oshirilmoqda.