Yangiliklar

news image

"Guliston" mahallasidagi ta’lim muassasasida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilish ishlari olib borilmoqda

Respublikamizning chekka va olis qishloqlarida 2020-2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzlimasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan ishlab chiqiligan subloyihalar asosida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu loyihalar Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi hamda loyihaning asosiy maqsadi qishloq infratuzilmasining sifatini oshirish va loyiha qamragan qishloq hayotiy faoliyatini ta’minlovchi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Mazkur loyiha asosida Farg‘ona viloyati So‘x tumani "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda, shuningdek, ushbu muassasada 210 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan qo‘shimcha bino qurilishi boshlandi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish