Joriy yilning 2-chi va 3-chi may kunlari Jahon Banki vakillari hamda LAOG xodimlari Namangan viloyati Pop tumani Qandig'on va Pillakash MFY lariga tashriflarni amalga oshirishdi. Pillakash MFY da uchrashuvga tashrif buyurgan ayollar bilan qishloq ayollarining uy-ro'zg'or ishlarini bajarishlari uchun qancha vaqt hamda qo'shimcha daromad topish uchun uy-ro'zg'or ishlaridan tashqaridagi ishlar uchun qancha vaqt sarflashlarini aniqlash maqsadida shuningdek, ularning davlat tomonidan yaratilgan yangi dasturlardan qanchalik xabardor ekanliklari va biror-bir dastur orqali o'z tadbirkorliklarini yo'lga qo'ya olgan yoki yo'qligini aniqlash uchun turli hil mashg'ulotlar o'tkazildi. Shu bilan birgalikda Pillakash MFY da QIRL tomonidan tashkil etilayotgan Avtonom suv ta'minoti tizimi tashkiloti bilan ham uchrashuv olib borildi. Ushbu uchrashuvda MTG a'zolari hamda NNO vakillari tashkilotning yaratilish tarixini so'zlab berishdi hamda suv minorasi o'rnatilgan joylar bilan ham tanishildi.