Yangiliklar

news image

LAOG xodimlari va Jahon banki mutaxassislari ishtirokida sub loyihalarni amalga oshirish boʻyicha oʻrta muddatli rejalashtirishning birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

LAOG xodimlari va Jahon banki mutaxassislari ishtirokida sub loyihalarni amalga oshirish boʻyicha oʻrta muddatli rejalashtirishning birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishda xaridlar, har bir sub loyihani moliyalashtirish masalalari, shuningdek, ekologik va ijtimoiy boshqaruvning ahamiyati ta’kidlandi.

Tomonlar kelgusi oylar uchun rejalarni muhokama qildilar va loyihani rivojlantirish bo‘yicha yagona strategiyani kelishib oldilar. Shuningdek, sub loyihalar samaradorligi va texnik sifatini oshirish, ekologik muvozanatni saqlash istiqbollari muhokama qilindi.

Ushbu maqsadlarga erishishga yordam beradigan chora-tadbirlarni birgalikda ko'rib chiqish rejalashtirilgan.

extra image extra image
Twit Yuborish