Yangiliklar

news image

Gender tengligi asoslari bo'yicha trening bo’lib o’tdi

Insonning eng muhim huquqlaridan biri bo‘lgan gender tengligi jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, barqaror rivojlanish negizida inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu g‘oya “Gender tengligi va gender asosidagi zo‘ravonlikka javob berishda standart operatsion tartiblar” mavzusidagi ikki kunlik treningga asos bo‘ldi.

Treninglarni Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi,  Akusherlik ginekologiya va perinatal  medisina kafedrasi dosenti, UNFPA/BMT ning Aholishunoslik Jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi milliy maslahatchisi Go‘zal Shamsiddinovna Ortiqxo‘jayeva, shuningdek, UNFPA treneri va maslahatchisi, “Qalb nuri” ijtimoiy va profilaktika markazi direktori To‘xtasinova Damira Ismailovna olib bordi.

Tinglovchilar orasida loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi mutaxassislari bo’ldi.

So‘rov va test topshiriqlari yordamida interfaol shaklda o‘tkazilgan treninglar davomida loyiha mutaxassislari gender zo‘ravonlik muammosining mohiyati va dolzarbligi, uning xususiyatlari va turlari, sabablari va oqibatlari haqida tushunchalarini shakllantirdi va mustahkamladi.

Dasturga ko‘ra, mazkur treninglar Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida ham hududiy mutaxassislar uchun o‘tkazilishi kutilmoqda.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish