Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yilning 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qishloq joylarda yangi maktablar va maktablarga qo’shimcha bino qurish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan edi. Unga ko’ra mamlakatimizda ko’plab ta’lim maskanlari bunyod etilmoqda.
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) KG6 jamoasi tomonidan Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Qizilqiyoq” MFYda olib borilgan safarbarlik tadbirlarida aholi vakillari mahalladagi maktabga qo‘shimcha bino qurish subloyihasini tanlagan edi.
Ayni kunlarda, 12-maktab uchun 180-o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari boshlandi. Subloyiha qiymati 2,2 mlrdni so’mni tashkil etadi.
Loyiha tamoyillariga muvofiq qurilish ishlari Vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhi va Monitoring guruhi faollarining jamoatchilik nazoratida.