Yangiliklar

news image

Subloyihalarni amalga oshirishning ekologik jihatlari muhokama qilindi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining asosiy tamoyillaridan biri mahalliy jamoalarda ijtimoiy va ekologik barqarorlikni ta’minlashdir.

Jahon bankining atrof-muhit va aholini ijtimoiy muhofaza qilish siyosatining talablariga muvofiq, Loyiha doirasida uning amalga oshirish jarayonida majburiy ko‘chirish, mehnatni jalb etishni istisno qiladigan yoki bajarilayotgan subloyiha hududida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan subloyihalargina qo‘llab-quvvatlanadi.

Subloyihalarni amalga oshirishda bunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar loyihachilar tomonidan ishlarning bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.

Joriy yilning 30 yanvar kuni BLAOGning Jizzax viloyati hududiy ofisida QIRL mutaxassislari va loyiha tashkilotlari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha loyihaning barcha talablariga rioya etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

extra image
Twit Yuborish