Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida O‘zbekiston aholisining ichimlik suvi ta’minoti sohasidagi ishtiroki

Kuzatuvlar bo‘yicha, respublikamizning chekka hududlardagi aholisining toza ichimlik suviga bo'lgan ehtiyoji eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. QIRLning qamroviga kirgan 239 ta qishloq aholisi bilan hamkorlikda tuzilgan “Qishloq taraqqiyot rejalari”ning natijalariga ko‘ra, 104 ta qishloq aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo’yicha  subloyihasini ustuvor yo‘nalish sifatida tanladi.

Ichimlik suvi taʼminoti sohasida fuqarolarning keng ishtirokini taʼminlash maqsadida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida respublikaning 14 ta qishlog’ida ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha xorijiy tajriba joriy etilmoqda. Loyiha tamoyillariga ko’ra ichimlik suvi ta’minoti tashkilotini tashkil etishning har bir bosqichida hamda uning kelgusida faoliyat ko‘rsatishida qishloq hududlari aholisining ishtirok etishi ko’zda tutilgan. Buning uchun loyihaning qishloq fasilitatorlari va muhandislari tomonidan aholi uchun interfaol treninglar va seminarlar o'tkazib, ularga tashkilotlarni yaratish va boshqarish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston aholisining ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining 784-sonli Qonuni asos bo‘ladi. Qonun iste'molchilarni belgilangan sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni kafolatlaydi.

Twit Yuborish