Joriy yilning 26 yanvar kuni BLAOGning markaziy va hududiy bo’linmalari mutaxassislarining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
BLAOGning atrof-muhit va ijtimoiy muhofaza bo‘yicha mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan videokonferensiyada qishloqlarda o‘tkazilgan skrining natijalari bo‘yicha Komleks tekshiruv hisobotini tayyorlash bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.
Ushbu hujjat o‘z ichiga qanday ma’lumotlarni qamrab olishi, shuningdek, hisobotni tayyorlash tartibi muhokama qilindi. Yig‘ilish so‘ngida hududiy bo‘linmalar xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan BLAOGning markaziy ofisi mutaxassislariga murojaat qilishdi.