Yangiliklar

news image

“Yangi hayot” mahalla aholisi va quruvchi tashkilot vakillari tanishib oldi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida aholi bilan o‘tkazilgan ijtimoiy audit natijasida Andijon viloyati Marhamat tumani “Yangi hayot” MFYda "Ichki yoʻllarni asfaltlash" subloyihasi ustuvor deb tanlangan edi.

Ushbu subloyihaning pudrat ishlarini bajarish uchun ochiq tender tanlovlari e’lon qilinishi natijasida “Monolit stroy lyuks” MChJ pudratchi sifatida gʻolib deb topildi.

Loyihaning asosiy tamoyillaridan biri – bu subloyihalarning bajarilish bosqishlarida aholining keng ishtirokini ta’minlashdir. Ushbu tamoyilni amalda bajarish maqsadida joriy yilning 19-yanvar kuni “Yangi hayot” MFY aholisining pudratchi tashkilot vakillari bilan tanishuvi bo’lib o’tdi. Muloqotning maqsadi - amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida qishloq aholisiga maʼlumot berishdan iborat bo’ldi. Aholi bilan fikr almashinib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

extra image
Twit Yuborish