Yangiliklar

news image

“Sangzor” mahalla aholisi tomonidan avtonom suv tashkilotini tuzish bo‘yicha rozilik bildirilmoqda

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida o‘tkazilgan ijtimoiy audit tadbirlari davomida “Sangzor” MFY aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha subloyihani ustuvor deb tanlagan edi.

Shu jihatdan, 12-yanvar kuni loyiha mutaxassislari tomonidan ushbu qishloq aholisi uchun avtonom suv tashkilotini tuzish bo‘yicha tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur mahalla aholisini avtonom suv tashkilotini tashkil etish jarayoni va bosqichlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida qishloq fasilitatorlari tomonidan trening o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Ma’lumotlar to‘liq yetkazilganidan so‘ng, qo‘llab-quvvatlashini bildirgan xonadon vakillaridan rozilik xatlari olindi.

extra image extra image
Twit Yuborish