Yangiliklar

news image

Marhamat tumanining 7 km dan ziyod yo‘llari asfaltlanmoqda

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon viloyati Marxamat tumani “Rohat” mahallasida o‘tkazilgan safarbarlik tadbirlari natijasida aholi tomonidan "Ichki yo'llarni asfaltlash" subloyihasi tanlangan edi.

Natijada ushbu mahallada bugungi kunga kelib qurilish ishlari boshlangan. Pudratchi - "Bexruzbek Dilmurodov" XK, subloyiha qiymati – 3 150 104 407 so‘mni tashkil etadi.

Loyihaning tamoyillariga asosan qurilish ishlarining barcha bosqichlari Mahalla taraqqiyot guruhi va Monitoring guruhi a’zolari tomonidan nazorat qilinmoqda.

extra image extra image
Twit Yuborish