Yangiliklar

news image

Jizzax viloyatida avtonom suv tashkilotini tuzish jarayonlari bilan aholini tanishtirish tadbirlari boshlandi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida o‘tkazilgan ijtimoiy audit tadbirlari davomida ayrim qishloqlar aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha subloyihalari ustuvor deb tanlangan edi.

Shu jihatdan, loyiha tomonidan Jizzax viloyatining 4 ta pilot qishlog‘ida (“Baxmal”, “Oyqor”, “Beshkubi” va “Turkman”) avtonom suv tashkilotini tuzish bo‘yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur mahallalar aholisini avtonom suv tashkilotini tashkil etish jarayoni va bosqichlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida qishloq fasilitatorlari tomonidan joylarda treninglar o‘tkazilmoqda.

Muloqotlar davomida, aholini qiziqtirgan savollarga javob berilmoqda. Ma’lumotlar to‘liq yetkazilganidan so‘ng, qo‘llab-quvvatlashini bildirgan xonadon vakillaridan rozilik xatlari olinmoqda.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish