Joriy yilning 15 dekabr kuni "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Ko’makdosh hamkorlar (CEED/Rhythm Plus) tomonidan Namangan viloyati Pop tumani "Yangichek" MFYda mahalla taraqqiyot guruhi,yoshlar qo‘mitasi va jamoatchilik monitoringi guruhi a'zolari uchun yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan seminar trening o‘tkazildi.
Trening ishtirokchilarda yetakchilikni "aniqlash", turli yetakchilik uslublari va fazilatlarini farqlash va yaxshi yetakchi qanday bo’lish kerakligini tushuntirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida kichik guruhlarda “Yetakchilikni aniqlash”, Yetakchilik uslublari, Yetakchilik sifatlari hamda Yetakchilik ko’nikmalarini anglashga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.