Yangiliklar

news image

Ulug’nor tumanida 5000 dan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon viloyati Ulug’nor tumani O’zbekiston va Guliston mahallalarida qurilish ishlari start oldi.

Ma’lumki, ushbu mahalla aholisi loyiha doirasida Ko’makdosh hamkor ACTED/ISW/YUKSALISH UMH/TARAQQIYOT NNT tomonidan amalga oshirilgan safarbarlik ishlari davomida “Ichimlik suvi ta’minotini tiklash” subloyihasini tanlagan edi.

Loyiha qiymati 2 520,3 mln so‘mni tashkil etadi. Natijada ushbu mahalladagi 5 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Qurilish ishlari Vaqtinchalik mahalla taraqqiyoti guruhi faollari va monitoring guruhi a’zolari tomonidan nazorat qilinmoqda.

extra image extra image
Twit Yuborish