Yo‘llar aholi turmush farovonligi, mamlakat taraqqiyotini belgilovchi mezonlardan biridir. Qayerda yo‘l qurish ta'mirlash ishlari keng quloch yozsa, o‘sha joyda zamonaviy infratuzilma obyektlari qad rostlab, aholi hayot tarzi yuksalib boradi.
Jizzax viloyatining Baxmal tumani aholisiga qulaylik yaratish maqsadida sharoiti og‘ir bo‘lgan bir qator mahalla yo‘llari "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasiga kiritilib amaliy ishlar orqali ichki yo‘llar infratuzilmasi yaxshilanishiga erishilmoqda. Jumladan, “Temirqadam” mahallasida ham 42 km dan ziyod masofada shag’allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayonlar "JIZZAX YO'L QURILISH-TA'MIRLASH" MChJ tomonidan 3,4 mlrd so‘m evaziga amalga oshirilmoqda.
Viloyatda yo‘llarni yaxshilashga e'tibor berilishi aholining ijtimoiy kayfiyatiga ham ijobiy tasir qilayotgani rost va bu jarayonlar tuman bo‘ylab davom etadi.
Ta’kidlab o’tish joizki, loyiha obyektini aniqlashda hamda barcha qurilish jarayonlari “Temirqadam” mahalla aholisining faol ishtirokida amalga oshirilmoqda