Yangiliklar

news image

Jamoa safarbarligi bo‘yicha ekspertning Andijon viloyatiga tashrifi to'g'risidagi ma’lumot

Joriy yilning 2-noyabr kuni Andijon viloyatidagi qishloq aholisining jamoa safarbarligi bo‘yicha xalqaro ekspert Brigitta Bode bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrifdan maqsad – “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi fasilitatorlari tomonidan qishloq aholisi bilan olib borilayotgan ishlarni mustaqil baholashdan iborat. Shunday qilib, kunning birinchi yarmida Bode xonim Andijon viloyatidagi “Nayman” va “Istiqlol” MFYlari aholisi bilan suhbatlashdi.

Suhbatlar davomida mahalla aholisi Loyiha mutaxassislari, shuningdek, Bode xonimga Loyiha faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha takliflari bilan shaxsan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, ekspert qishloq fasilitatorlari va Ko’makdosh hamkor ACTED kompaniyasi mutaxassislari tomonidan safarbarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholining fikrlarini tinglab, fikr-mulohazalarini chiqardi.

“Nayman” va “Istiqlol” MFYlariga tashriflar yakunlanganidan so‘ng ACTED hududiy ofisida ACTED mutaxassislari hamda qishloq fasilitatorlari va muhandislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda qishloqlarda ish olib borish jarayonida yuzaga kelgan masalalar muhokama qilindi. Bode xonim tomonidan tavsiya va takliflar berildi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish