Yangiliklar

news image

Jamoat tashkiloti tuzilmasini mustahkamlash va salohiyatini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 11-15 oktyabr kunlari “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Ko’makdosh hamkorlar (CEED/Rhythm Plus) tomonidan Namangan viloyati Pop tumani “Pillakash” MFYda Pop tumani fasilitatorlari va muhandislari hamkorligida V-MTG a'zolari, hamda Monitoring guruhi va ko’chalardan vakillar ishtirokida MFYda tuzilayotgan ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkiloti tuzilmasini mustahkamlash va salohiyatini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tuzilayotgan tashkilotning Boshqaruv Kengashi va Taftish Komissiyasi a’zolari, VMTG faollari va Ijrochi direktori saylab olindi. 

17 oktyabr kuni Boshqaruv kengashi a'zolari ishtirokida Pillakash MFYda tuzilayotgan ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkiloti Boshqaruv Kengashining ijrochi qo'mitasini ko'rib chiqishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Boshqaruv Kengashining ijrochi qo'mitasi saylab olindi.  Joriy yilning 18 oktyabr kuni “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi Ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkiloti tuzishga oid Ijroiy qo'mitani ko'rib chiqish masalasi o'tkaziladigan umumiy yig'ilish kelishib olindi.

extra image extra image
Twit Yuborish