“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor ACTED(Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) KG3 jamoasi tomonidan Andijon viloyati Paxtaobod tumani Obod va Xayraobod mahallalarida ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkilotini tuzish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kungacha olib borilgan ishlar natijasida, Boshqaruv Kengashi, Taftish Komissiyasi va Ijrochi Qo‘mita shakllantirildi. Navbatdagi uchrashuvlarda jamoat tashkiloti tuzilmasini mustahkamlash va salohiyatini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Oktyabr oyida ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkilotini adliya organlarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan.