“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon viloyati qurilish bosh boshqarmasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotdan ko‘zlangan maqsaq - qurilish ishlari arafasida ko‘makchi hamkor va mahalla faollari bilan kelishuv, ma’lumotlarni yetkazish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.
Muloqot davomida erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.