Qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va mavjud aktivlarini tahlil qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi yilning ilk kunlaridanoq loyiha doirasida tanlangan qishloqda turli tahlillar o‘tkazilmoqda. Farovonlik tahlili yuqori, o‘rtacha va nisbatan past daromadli xonadonlar sonini, ularning qishloq bo‘ylab joylashishi, daromad manbaini aniqlashga yo‘naltirilgan. Aholining sog‘lig‘i va kasallik sabablari (masalan, toza ichimlik suvi yetishmasligi)ni aniqlash uchun salomatlik tahlili o‘tkazildi. Undan tashqari, mavsumiy kalendar va taʼlim tahlili ham o‘tkazish rejalashtirilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy manbalarni tahlil qilish kelajakda barcha tanlanadigan qishloqlarda xam amalga oshiriladi.