2022 yil 21 Sentyabr kuni Jahon Banki Missiyasi davomida kunning birinchi yarmida Zomin tumani Nurlikent MFY dagi “Aholini ichimlik suvi bilan taminlash” subloyihasi obyektiga tashrif amalga oshirilidi.
Tashrif doirasida Missiya delegatsiyasi hamda Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining markaziy va hududiy ofisi mutaxassislari tomonidan aholi foydalanishiga topshirilgan obyekt ko‘zdan kechirilib, mahalla aholisi bilan suhbat qilindi.
Ta’kidlanishicha, ushbu suv tarmog‘i Loyiha tomonidan foydalanishga topshirilgandan so‘ng, mahalla aholisi tomonidan tarmoqqa ulangan va sertifikatlangan suv o’lchagich uskunasi o’rnatilgan. Bu esa Loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar doirasida ijtimoiy soha obyektlarini yaxshilashda qishloq aholisi keng jalb etilib ishtiroki ta’minlanayotganligidan dalolat beradi.
Missiya delegatsiyasining keyingi manzili Nurlikent MFY dagi ikkinchi subloyiha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qishloq vrachlik punkti obyekti bo'ldi. Bu yerda mutaxassislar tomonidan obyekt ko‘rib chiqilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
So‘ng delegatsiya tomonidan Nurlikent MFY binosiga tashrif buyurilib, jamoa safarbarligi jarayonidagi qilingan ishlar bilan tanishib chiqildi.