Joriy yilning 15 sentabr kuni Loyihalarni amalga oshirish guruhining markaziy ofisi xodimlari Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi janob Robert Vrobel va Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassis Gulrano Tlepova xonim bilan uchrashdilar.
Yig‘ilish kun tartibida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida jamoatchilik safarbarligi bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini baholashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘ldi. Ayni paytda Loyihaning birinchi fazasida O‘zbekiston Respublikasid bo‘ylab 176 ta qishloqda fasilitatorlar tomonidan jamoatchilik safarbarligi ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda Loyiha ishini jadallashtirish chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.