Bugun, 14-sentyabr kuni “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining ko‘makdosh guruhi vakillari hamda QIRL hamkori - “Patrip foundation” tashkilotining vakillari janob Alexander Bohr va janob Georg Fiebiglar o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida hamkorlar Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Sohil” mahallasida bunyod etilayotgan 264 o‘rinli maktabni ko‘zdan kechirdilar.
Mahalla taraqqiyot guruhi raisi A.Abduvaliyev tomonidan Loyiha doirasida amalga oshirilib kelinayotgan jamoa safarbarligi ishlari, qurilish jarayonida jamoatchilik monitoring faoliyati kabi masalalarda ma'lumot berildi.