Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor ACTED Fransiya-Yuksalish UMH-Taraqqiyot NNT-ISW Kanada tomonidan Andijon viloyati Marhamat tumani Rohat, Qo'rg'oncha va Qorabog'ich MFYlarida VMTG va JM guruhi a'zolari hamda MFY faollari ishtirokida uchrashuvlar o'tkazildi. Uchrashuvlarda loyihacha tashkilot—Geo-proekt MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha namunasi ko'rib chiqildi va ma'qullandi. Loyiha tamoyillariga muvofiq aholi tomonidan tanlangan yetakchi subloyihani loyihalashtirish ishlari jamoatchilik nazoratida ekanligi ochiqlik va shaffoflikni ta'minlaydi. Uchrashuvlar ntijasida yaqin muddatda quruvchi tashkilotni tanlab olish bo'yicha tender e'lon qilinishi kelishib olindi.