Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 220 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi tuman aholisiga, yoshlarga tortiq qilindi. Mazkur binoning kapital rekonstruktsiyasi va obodonlashtirish ishlari “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan hamda Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, umumiy hisobda 5.8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Informatika, kimyo, biologiya fanlariga mo‘ljallangan maxsus o‘quv xonalari, turli tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan faollar zali yangi o‘quv yili oldidan nafaqat o‘quvchi va o‘qituvchilar, balki barcha “Saroy” mahallasining ahli uchun Mustaqillik bayrami arafasida katta sovg‘a bo‘ldi. Maktab binosining ochilish marosimi yangi o‘quv yilining boshiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Jahon bankining vakillari, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi mutaxassislari, tuman hokimligi mutasaddilari hamda mahalla ahli ishtirokida keng bayramona nishonlanishi rejalashtirilgan.