Yangiliklar

news image

Aholi murojaatlari ijobiy hal qilinmoqda

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) tomonidan har oyning 25-30 kunlarida MFYlarga o‘rnatilgan “Shikoyat qutilari” tekshiriladi. Yozma murojaat-shikoyatlar joyida o‘rganiladi va yechim izlanadi. Navbatdagi o‘rganish Obod, Xayraobod, Shuvoqzor-Boykechik, Qo‘rg‘oncha, Do‘stlik va Sohil MFYlarida tashkil etildi. Jumladan, Shuvoqzor-Boykechik MFY Ahillik (Do‘stlik) ko‘chasida yashovchi No‘monjon Ahmedov bilan suhbat o‘tkazildi va shikoyati yuzasidan tushuntirish berildi. Joylarda odamlarni o‘ylantirib turgan asosiy masala –“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi subloyihalarni bajarilishidagi muddati nima uchun uzoq kabi o‘y-fikrlar bo‘lmoqda. Qishloq fasilitatorlari tomonidan, loyihalash ishlarining cho‘zilishi subloyihaning puxta va sifatli bo‘lishiga xizmat qilishi tushuntirilmoqda. Muxtasar aytganda, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasida har bir murojaat sinchiklab o‘rganilishi odamlarning roziligi-loyihaning tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga zamin yaratmoqda. Bu esa pirovardida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi timsolida odamlarning davlatga, adolat va qonun ustuvorligiga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

extra image
Twit Yuborish