Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi, Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Tolibjon Madumarov Paxtaobod tumanida aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, senator “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Sohil mahallasida bunyod etilayotgan 264 o‘rinli maktabni ko‘zdan kechirish maqsadida qurilish maydonida bo‘ldi.