“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida KH ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) KG3 jamoasi tomonidan 2022 yil 06 – 20 avgust kunlari Obod va Xayraobod MFYlarida ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkiloti tuzishga oid tadbirlar o‘tkazildi. Obod MFYda 534 ta xonadondan 508 nafar (95%) xonadon vakillari va Xayraobod MFYda 600 ta xonadondan 570 nafar (95%) xonadon vakillari ISTJT tuzishga rozilik bildirdilar. KG3 qishloq fasilitatorlari tomonidan ixtiyoriy tanlab olish usuli bilan xonadonlarga kirib “Rozilik xatlari”ning haqqoniyligi tekshirilmoqda.