BLAOG rahbari Z. Urakov pudrat ishlarining borishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan ishchi tashrifi davomida Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi maktab qurilishining bugungi holati bilan tanishdi. Ushbu uchrashuv jamoatchilik nazorati ostida bo'lib o'tdi, xususan, monitoring jarayonida Mahalla taraqqiyot guruhi raisi ham ishtirok etdi. 264 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktab “Sohil” mahallasida joylashgan. Monitoring yakunida pudratchi kompaniya vakillari bilan hamda Mahalla taraqqiyot guruhi rahbari bilan qurilish ishlarini jadallashtirish va optimallashtirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.