Yangiliklar

news image

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 624 o‘rinli maktab rekonstruksiya qilinmoqda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi (QIRL) doirasida Sirdaryo viloyati “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida 624 o‘ringa mo‘ljallangan 10-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu subloyiha QIRL mutaxassislarining jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan tanlab olingan edi. Mahallada istiqomat qilivchi Xursanoy Dadajonovaning so‘zlariga ko‘ra, aholi binoning yaroqsiz holga kelib qolgani va farzandlari qo‘shni maktabga borish uchun har kuni 5 km dan ortiq yo‘l bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgani uchun ushbu subloyihani tanlagan. Tez orada “Qaxramon” mahallasining bollari barcha zamonaviy talablarga javob beradigan maktabda tahsil oladilar. “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi tamoyillariga muvofiq, butun qurilish jarayoni loyiha tomonidan qishloqning faol aholisi orasidan tashkil etilgan Mahalla taraqqiyot guruhi a’zolari nazoratida boʻladi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish