“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Ko’makchi hamkor ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) tomonidan Andijon viloyati Paxtaobod tumani Obod MFYda ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkiloti tuzish bo‘yicha ko‘chalar kesimida aholining roziligini o‘rganish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Muloqotlar davomida, aholini qiziqtirgan savollarga javob berilmoqda. Ma’lumotlar to‘liq yetkazilganidan so‘ng, qo‘llab-quvvatlashini bildirgan xonadon vakillaridan rozilik xatlari olinmoqda.