Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Jizzax viloyati Zomin tumanida va Sirdaryo viloyatida press-tur tadbirlari tashkil etildi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda oraliq natijalarni ko‘rib chiqish va ularni keng ommaga yoritish maqsadida joriy yilning 9-11-avgust kunlari viloyatlar bo’ylab tashkil etilgan press-turning ikkinchi kunida Jizzax viloyati Zomin tumaniga tashrif buyurildi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi vakillari tuman hokimligi hamda OAV vakillari bilan Zomin tumanining “Qo’shtol” va “Duoba” mahallalarida bo’ldi. Press-tur ishtirokchilari mazkur mahallalardagi amalga oshirilgan toza ichimlik suvi ta’minoti bilan batafsil tanishdilar hamda mahalliy aholi bilan yaqin muloqotda bo’ldi. Ushbu mahallalardagi subloyihalar 1300 dan ortiq uy xo’jaliklarini – jami 11.500 ga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirishga loyiha doirasida 6.5 mlrd so’m mablag’i ajratildi. Mahalla faollari ushbu hududlardagi suv taqchilligi muammosi aholini bir necha o’n yillar davomida qiynab kelayotgani va bugungi kunda turli yoshdagi ko’plab insonlarning salomatligi va gigiyena-sanitariya holatida sezilarli darajada xissa qo’shishini hamda kundalik ishlarida yengillik berishini alohida ta’kidlab o’tishdi. Press-turning keyingi manzili Zomin tumanining Gulshan MFY bo’ldi. U yerda ishtirokchilar mahallaning faol vakillari bilan muloqot qildilar. Ushbu mahallada QIRL doirasida qariyb 12 km ichki yo’llar shag’allashtirilgan bo’lib, 1 km ni tashil etuvchi piyodalar yo’lakchasi yotqizildi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida Gulshan mahallasining jami 4938 aholisi, ayniqsa maktab yoshidagi bolalar xavfsiz harakatlanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Press-tur OAV vakillari va keng ommaga loyiha ishlarini yoritishni maqsad qilgan holda Sirdaryo viloyatiga 11-avgust kuni davom ettirildi. Ishtirokchilarning Sirdaryo viloyatidagi birinchi manzili Xovos tumanidagi 624-o’rinli maktab rekonstruksiya qilinayotgan obyekti bo’ldi. Ushbu subloyihaning qiymati 4.7 mlrd. s’omni tashkil etadi. Bu yerda ommaviy axborot vosita vakillari quruvchilar hamda mahalla aholisi bilan gaplashib intervyu oldilar. Shunungdek, press-tur ishtirokchilari Sirdaryo viloyatidagi Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinayotgan bir qancha MTMlarda bo’ldilar. Bular: Xovos tumani “Qoraqum” mahallasidagi MTM, Boyovut tumanining “Boboyurt” mahallasidagi MTM, “Muqumiy” mahallasida hamda “Bunyodkor” mahallalarida joylashgan MTMlar. U yerda ham faol qishloq aholisi va quruvchilar ishtirokida intervyular olininb, ular bilan suhbat qilindi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahalla faolligi oshishi bilan bir qatorda, mamlakatimiz aholisi ish joyi bilan ta’minlanmoqda.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish