“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida KH ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) tomonidan Andijon viloyati Paxtaobod tumani Obod MFYda muqobil suv ta’minoti tashkiloti tuzishga oid mashg‘ulotlar boshlandi. Jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan "Ichimlik suvi ta’minotini tiklash" subloyihasi tanlab olingan edi. Hozirda, loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mashg‘ulot davomida, muqobil suv ta’minoti tashkilotini tuzish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mahalla faollarining tashabbusi bilan, tadbir ko‘chalar kesimida amalga oshirilishi kelishib olindi.