Yangiliklar

news image

Ikkinchi ijtimoiy audit Sirdaryo viloyatida boshlandi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi qator mahallalarda ikkinchi ijtimoiy audit boshlandi. Ikkinchi ijtimoiy auditning maqsadi - mahalliy aholining subloyihalarning borishi bo'yicha fikrini aniqlash uchun ular bilan aloqa o'rnatishdan iborat. Jumladan, joriy yilning 1-2 avgust kunlari Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining hududiy jamoa safarbarligi bo‘yicha mutaxassislari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Paxtakor” va “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Jizzax viloyatining “Oyqor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan suhbat o‘tkazdi. Ijtimoiy audit yakunida amalga oshirilayotgan subloyihalar bo‘yicha aholi fikri o‘rganilib, tadbirdan ko‘zlangan maqsadlar, hamda subloyihalarning borishi va ularga ajratilgan mablag‘lar haqida ma’lumotlar berildi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish