Yangiliklar

news image

Farg‘ona viloyatida birinchi ijtimoiy Auditga bag‘ishlangan yig‘ilishlar davom etmoqda

Bu safar ko‘makchi hamkor ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) mutaxassislari So‘x tumanining “Qizilqiyoq” va “Sebzor” mahallalarida bo‘ldilar. U yerda aholi bilan uchrasguv davomida 1-ijtimoiy audit tadbiridan ko‘zlangan maqsad, bunda ularning roli tushuntirildi. Tadbir qatnashchilariga loyihaning maqsadi, tamoyillari, tashriflar, shuningdek, 3.4 shakl, manbalar xaritasi, tanlangan yetakchi subloyihaning qaysi ko‘chalarda amalga oshirilishi va ajratilgan mablag‘ haqida ma’lum qilindi. 3.12 shakllar to‘ldirilib, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu yig‘ilishlardan ko‘zlangan maqsad – Loyihaning asosiy tamoyillaridan biri, ya‘ni qishloq aholisini o‘zini o‘zi boshqarish salohiyatini oshirish va Loyihaning barcha bosqichlarida ularning faol qatnashuvini ta’minlashdir.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish