Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida Ko‘makchi hamkor ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) tomonidan Farg‘ona viloyati So‘x tumani Devayron va Sohibkor mahallalarida 1-ijtimoiy audit tadbirlari o‘tkazilmoqda. Dastlab, mahalladagi loyiha faollariga 1-ijtimoiy audit tadbiridan ko‘zlangan maqsad, bunda mahalla taraqqiyot guruhi va jamoatchilik monitoringi guruhi a'zolarining roli tushuntirildi. Bundan tashqari, qishloq taraqqiyot rejasida tanlangan yetakchi subloyiha bo‘yicha hozirga qadar rejalashtirilgan va bajarilgan ishlar xususida axborot berildi. Tadbir ko‘chalar kesimida amalga oshirildi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga, ya’ni mahalla fuqarolariga loyihaning maqsadi, tamoyillari, amalga oshirilgan tashriflar, shuningdek, 3.4 shakl, manbalar xaritasi, tanlangan yetakchi subloyihaning qaysi ko‘chalarda amalga oshirilishi va ajratilgan mablag‘ haqida ma’lum qilindi. Ma’lumot uchun: So‘x tumanida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida 9 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash rejalashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi PQ-4898-son qaroriga 1-ilovaga asosan)