Yangiliklar

news image

Sirdaryo viloyatida subloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi

“Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish" loyihasi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining qator mahallalarida Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mutaxassislari tomonidan olib borilgan jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan ustuvor subloyihalar tanlab olingan edi. Ushbu subloyihalarni qurilish ishlari borishi bilan BLAOG mutaxassislari tanishib chiqdilar. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi bosh muhandisi T. Muhammadqulov bilan hamkorlik uchrashuvi o’tkazildi. Unda subloyihalar bajarilishi bilan bog’liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish