Yangiliklar

news image

Paxtaobod tumanining 4,5 km ichki yo‘llari asfaltlanish arafasida

"Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Andijon viloyati Paxtaobod tumani Do‘stlik MFYda ko‘makdosh hamkor ACTED/Yuksalish umummilliy harakatining jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan "Ichki yo‘llarni asfaltlash" subloyihasi tanlab olingan edi. Bugun-04.07.22 yildan boshlab, loyihachi tashkilot-"Geo-proekt" MChJ tomonidan topografik tadqiqot va geodeziya ishlari boshlandi. Mahallaning 4,5 km ichki yo‘llari asfaltlanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu jarayon loyiha tamoyillariga muvofiq mahalla jamoatchiligi nazoratida, ishlarni Mahalla taraqqiyot guruhi a’zolari kuzatib bormoqda.

extra image extra image
Twit Yuborish