1 iyul kuni Namangan viloyati xokimligining Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi majlislar zalida kompaniyaning direktor o‘rinbosari K. Yuldashev, Namangan hududlararo ofisi xodimlari, ko‘makchi hamkor qishloq muhandislari hamda loyiha tenderi g‘olibi bo‘lgan loyihachilar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Pop, Chust, Mingbuloq tumanlaridagi mahallalarda amalga oshirilayotgan subloyihalar bo‘yicha loyihalash jarayonida aniqlangan muammolar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, kelishib olindi.