Yangiliklar

news image

Shuvoqzor-Boykechik mahallasining 2 mingga yaqin aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

"Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Andijon viloyati Paxtaobod tumani Shuvoqzor-Boykechik MFYda ko‘makdosh hamkor ACTED/Yuksalish umummilliy harakatining jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan "Ichimlik suvi ta'minotini tiklash" subloyihasi tanlab olingan edi. Bugun, 30.06.22 yildan boshlab, ochiq-shaffof o‘tkazilgan tender tadbirida g‘olib bo‘lgan loyihachi tashkilot-"Binokor loyiha" XK tomonidan topografik tadqiqot va geodeziya ishlari boshlandi. Mahallaga jami 5,2 km tarmoq va 1 dona suv qudug‘i qurish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida qariyb 400 ta xonadon va 2000 nafarga yaqin aholining ichimlik suviga bo‘lgan talabi qondiriladi. Ushbu jarayon loyiha tamoyillariga muvofiq mahalla jamoatchiligi nazoratida, ishlarni Mahalla taraqqiyot guruhi vakillari kuzatib bormoqda.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish