Namangan viloyati Chust tumani “Qiziltepa” MFYda Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari, Mahalla taraqqiyot guruhi raisi va qishloq muhandislari bilan birgalikda mavjud suv quduqlari o‘rganildi. Mavjud suv zahiralarini o‘rganish natijalariga ko‘ra “Qiziltepa” MFYga qarashli “Kaklikqo‘rg‘on” qishlog‘ida bir dona yangi tik suv qudug‘i (skvajna) qurish joyi tanlab olindi.