“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida bo’lib o’tayotgan Jahon banki missiyasi davom etayotgan ekan, bugun Jahon banki va Loyihani amalga oshirish guruhi vakillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani “Birlashgan” MFY faollari bilan uchrashdilar. Ushbu uchrashuvda “Birlashgan” MFY raisi, Sardoba tumani xokimi yordamchisi, “Birlashgan” MFYning yoshlar bilan hamda xotin-qizlar bilan ishlaydigan vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvning maqsadi – mahalla faollari bilan Loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar haqida suhbat olib borish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish