17 Dekabr kuni loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari bilan qishloq fasilitator va muhandislari Jizzah viloyati Baxmal tumani Saroy tajriba qishlog’ida aholi ishtirokida manbalar xaritasini tuzdilar. Ushbu qishloqda loyihani samarali amalga oshirishda ko'maklashuvchi, kongillilardan iborat vaqtinchalik Mahalla taraqqiyot guruhi saylangan bolib, saylovlar va qarorlar qabul qilish jarayonida aholi ishtiroki va gender tengliga muhim ahamiyat berilganligini alohida ta'kidlashimiz lozim. Bu loyihaning asosiy tamoyillaridandir. Saroy qishlog’ida 12 asosiy ko’chalar bo’lib, ulardan 52 nafar faollar doimiy qaror qabul qilish va tahlillarda qatnashmoqdalar. Covid 19 pandemiyani hisobga olgan holda, tibbiy niqoblar va antiseptik vositalar tarqatilmoqda. Ijtimoiy masofa saqlash bo’yicha har bir ko’cha vakillariga ma’lumotlar berilgan.