QIRLning asosiy tamoyillaridan biri - bu jamoatchilikda o'z-o'zini boshqarish salohiyatini rivojlantirishdir. Ushbu tamoyilga muvofiq joriy yilning 1-iyun kuni Jizzax viloyati Zomin tumani Beshko'bi qishloq aholisi uchun LAOGning hududiy fasilitatorlari tomonidan “Yetakchilik salohiyatini oshirish” mavzusi bo’yicha trening olib borildi. Treningni maqsadi - V-MTG a'zolari asosan qishloq faollari va yetakchilaridan tashkil topganligi sababli ularni yetakchilik borasida salohiyatlarini va ko'nikmalarini shakllantirish va oshirishdir. Aholi o'z fikrini erkin bildirishi hamda amaliy mashg’ulotlarni tortinmasdan bajarishlari uchun trening ayol va erkak a'zolarga alohida olib borildi.