Joriy yilning 20 may kuni Namangan viloyati Pop tuman Qo’shminor MFY da Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi (QRIL) doirasida qishloq fasilitatorlari,VMTG va Yoshlar guruxi a’zolari, mahalla faollari, aholi ishtirokida belgilangan reja asosida navbatdagi ijtimoiy audit tadbirlari o’tkazildi. Tadbirda Tuman loyiha qo'mitasi (TLQ) a’zolari, mutassaddi tashkilotlari vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirda MFY raisi va VMTG raislari keyingi olti oy davomida qishloqda QRIL doirasida olib borilgan safarbarlik tadbirlari to’g’risida aholiga ma’lumotlar va tushunchalar berib o’tdi. Tadbir juda muzokarali va baxs munozarali o’tdi. Qishloq fasilitatorlari tomonidan berilgan savollarga loyiha tamoyillari asosida tushuntirishlar berildi. Aholi va tadbir ishtirokchilari bir ovozdan aniqlangan subloyihalarni qo’llab -quvvatlashdi.