Joriy yilning 19 may kuni Jahon banki va “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi” vakillarining videokonferensiya formatida navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Jahon banki nomidan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Janob Robert Vrobel va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassis Ra’no Tlepova ishtirok etdilar. Yig‘ilishda QIRLni amalga oshirishning bugungi holati muhokama qilindi va kelgusidagi chora-tadbir rejalari ishlab chiqildi.